"G'azalkent" х Elit Academy

"G'azalkent" х Elit Academy

"G'azalkent" FK rahbariyati jamoaning 23–30-mart kunlari Toshkentda Elit Academy xalqaro akademiyasi tomonidan o'tkaziladigan "Chempionlar yig'ini" o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etishi haqida qaror qabul qildi. Ushbu qadam chempionat starti oldidan jamoani tayyorlashning muhim bosqichi va o'yinchilarni yangi darajaga olib chiqish imkoniyati sifatida ko'rilmoqda.


Yig'in doirasida "G'azalkent" futbolchilari barcha asosiy futbol komponentlari: jismoniy tayyorgarlik, texnika, o'yin tafakkuri, intizom va jamoaviy ishlash bo'yicha kengaytirilgan test dasturidan o'tadilar. Mashg'ulot jarayoni Yevropa va Rossiya futbolining taniqli mutaxassislari, jumladan, chempionlik tajribasiga ega bo'lgan va yuqori darajada ishlagan murabbiylar — Oleg Romantsev hamda Massimo Karrera boshchligida bo'lib o'tadi.


Maydonda futbolchilar bilan yulduzlar — Londonning "Tottenxem" klubi sobiq a'zosi Roman Pavlyuchenko, shuningdek, "Spartak"ning chempionlikka erishgan jamoasi sardori Denis Glushakov o'rtoqlashadilar.


Futbolchilarning harakatlarini Yevropa va Rossiya klublarining skautlari diqqat bilan kuzatib boradilar, bu esa o'yinchilar uchun xalqaro maydonda o'zlarini ko'rsatishga real imkoniyat yaratadi.


"G'azalkent" FK uchun ushbu yig'in shunchaki mashg'ulot emas, balki rivojlanish uchun kuchli turtkidir: motivatsiyani kuchaytirish, professionallikni oshirish, yuqori talablarga moslashish va Yevropaning yetakchi klublari nazariga tushish imkoniyatidir. Futbolchilar uchun bu beqiyos tajriba orttirish va katta futbol sari tashlangan qadamdir.